#World_Cleanup_Day_#Butunjahon_tozalik_kuni_

#World_Cleanup_Day_#Butunjahon_tozalik_kuni_

Butunjahon tozalik kuni dunyoda juda ko‘plab mamlakatlarda nishonlanadigan atrof-muhitni tozalash bayrami kunidir.

Butunjahon tozalik kuni 180 dan ortiq mamlakatda odamlarni birlashtirib, keng ko‘lamli ko‘ngillilar ijtimoiy harakatiga aylandi. O‘zbekistonda ham bu yil 18-sentyabr kunida ushbu sana keng nishonlanishi kutilmoqda.

Bugun, shu munosabat bilan Qarshi shahridagi 27-umumiy o’rta ta’lim maktabida sinf soatida sinf rahbarlari va tabiiy fan o’qituvchilari tomonidan yo’riqnoma asosida ekologiya bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazildi va o‘quvchilarga atrof-muhitni asrash, chiqindilarni saralash va qayta ishlash haqida so‘zlab berildi.

Ushbu darslarda barcha o’quvchilar faol ishtirok etishdi. Ularga o’qituvchilar tomonidan uyga qaytganida ota-onasi, aka-ukalari hamda do‘stlariga o‘rganganlarini va o’z yurtini toza tutish uchun nimalar qilishini aytib berish vazifasi berildi.

✍️ Tayyorladi: MMIBDO‘ S.Eshnazarov.

Write a Comment

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan