Oy: Oktabr 2021

Barchaga opa-singil shaxmatchi o‘quvchilarimiz g‘alabasi muborak!!!

🗓 Bugun, 2021 yil 14 oktabr kuni Qarshi shahar Bolalar va O‘smirlar sport maktabida «Shaxmat» sport turidan viloyat bosqichida shaxmatchilarni saralash maqsadida shahar birinchiligi bo‘lib o‘tdi.

🏢 Qarshi shahar chempionatida 2004-2014 yil tug’ilgan o‘g‘il va qizlar o‘rtasida bellashuv o‘tkazildi.

🏅Shahar birinchiligida 15 yosh toifasida 9-A sinf o‘quvchisi Qayumova Gulchehra faxrli 1-o‘rinni, 11 yosh toifasida 6-B sinf o‘quvchisi Qayumova Afruza 3-o‘rinni qo‘lga kiritib, diplom bilan taqdirlandi.

👨‍💼Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari: Sh.Yangiyev, A.Turdiyev, M.Xalimova.

✍️ Tayyorladi: MMIBDO‘ S.Eshnazarov.

Qarshi shahridagi 27-sonli umumta’lim maktabida «Keksalar haftaligi» doirasida 2021-yil 8-oktabr kuni «Uch avlod uchrashuvi» tashkil etildi.

#Keksalar_haftaligi #Kun_fotosi

Keksalarga ehtirom, e’tibor va gʻamxoʻrlik koʻrsatish boqiy qadriyatlarimizdan hisoblanadi. Qolaversa, davlatimiz tomonidan ham keksalarni e’zozlash, ijtimoiy qoʻllab-quvatlashga alohida e’tibor qaratilib, ularga gʻamxoʻrlik koʻrsatib kelinmoqda.

Qarshi shahridagi 27-sonli umumta’lim maktabida «Keksalar haftaligi» doirasida 2021-yil 8-oktabr kuni «Uch avlod uchrashuvi» tashkil etildi.

Davra suhbatida bugungi kunda oʻzlarining dono maslahatlari hamda oʻgitlari bilan oʻquvchi yoshlar tarbiyasiga, oʻzaro mehr-oqibat va hamjihatlikni, oilalar oʻrtasida tinchlik-totuvlikni ta’minlashga oʻz hissasini qoʻshib kelayotgan nuroniy yoshdagi nafaqadagi ustozlar ishtirok etishdi.

Davra suhbatida nuroniy keksa ustozlarga atab maktabning faol oʻquvchi-yoshlari she’rlar aytib berishdi.

Davra suhbati soʻnggida nuroniy keksa ustozlar uchun maktab direktorining «TASHAKKURNOMA»si topshirildi.

✍️ Tayyorladi: MMIBDO‘ S.Eshnazarov.

«Ta’zim sizga ustozu murabbiylar» nomli tadbir o’tkazildi.

👩‍🏫 1-oktabr «Ustoz va murabbiylar kuni» munosabati bilan 30 sentabr kuni Qarshi shahar 27-umumiy o‘rta ta’lim maktab hovlisida «Ta’zim sizga ustozu murabbiylar» nomli tadbir bo‘lib o‘tdi.

💐 Tadbir davomida faol o‘qituvchilarga Qarshi shahar xalq ta’limi bo‘limi va maktab direktorining «TASHAKKURNOMA»lari topshirildi.

💐 Tadbirda maktabning 4-G, 5-A, 7-B sinf o‘quvchilari faol ishtirok etdilar.