Qarshi shahridagi 27-sonli umumta’lim maktabida «Keksalar haftaligi» doirasida 2021-yil 8-oktabr kuni «Uch avlod uchrashuvi» tashkil etildi.

Qarshi shahridagi 27-sonli umumta’lim maktabida «Keksalar haftaligi» doirasida 2021-yil 8-oktabr kuni «Uch avlod uchrashuvi» tashkil etildi.

#Keksalar_haftaligi #Kun_fotosi

Keksalarga ehtirom, e’tibor va gʻamxoʻrlik koʻrsatish boqiy qadriyatlarimizdan hisoblanadi. Qolaversa, davlatimiz tomonidan ham keksalarni e’zozlash, ijtimoiy qoʻllab-quvatlashga alohida e’tibor qaratilib, ularga gʻamxoʻrlik koʻrsatib kelinmoqda.

Qarshi shahridagi 27-sonli umumta’lim maktabida «Keksalar haftaligi» doirasida 2021-yil 8-oktabr kuni «Uch avlod uchrashuvi» tashkil etildi.

Davra suhbatida bugungi kunda oʻzlarining dono maslahatlari hamda oʻgitlari bilan oʻquvchi yoshlar tarbiyasiga, oʻzaro mehr-oqibat va hamjihatlikni, oilalar oʻrtasida tinchlik-totuvlikni ta’minlashga oʻz hissasini qoʻshib kelayotgan nuroniy yoshdagi nafaqadagi ustozlar ishtirok etishdi.

Davra suhbatida nuroniy keksa ustozlarga atab maktabning faol oʻquvchi-yoshlari she’rlar aytib berishdi.

Davra suhbati soʻnggida nuroniy keksa ustozlar uchun maktab direktorining «TASHAKKURNOMA»si topshirildi.

✍️ Tayyorladi: MMIBDO‘ S.Eshnazarov.

Write a Comment

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan