Maktab tarixi

Maktabning yaratilishi haqidagi ma'lumotlar

Qarshi shahridagi  27-umumiy o‘rta ta’lim maktabi tarixi haqida

 Qarshi shahridagi  27-umumiy o‘rta ta’lim maktabining o‘z yaratilish tarixi, o‘tmishi va jamiyatdagi o‘rni  salmoqlidir.

Dastlab maktab 1928- yilda Kamandilik Ravshan Eshonqulovning kichkina mehmonxonasida tashkil etilgan bo‘lib, unda 12 nafar o‘quvchi tahsil olgan.Bularga yagona o‘qituvchi   Qurbonov Hamid ustozlik qilgan.O‘qitish arab alifbosida olib borilgan.

Qarshi tumani qo‘mitasi raisi Xolov hamda kotiba Temirgaliyevalar imzosi ostida 1929- yilda 21-son “Kamandi” maktabi deb rasman tasdiqlanib, maktabning birinchi direktori etib Vosiqov Qosim tayinlangan.Maktab  tashkil etilgan davrda to‘rtta sinf bo‘lib,  unda 86 nafar o‘quvchi o‘qigan.Maktabning birinchi o‘quvchilaridan Zoirov Fayzi,Eshonqulov Mamatqul, Mansurov Azim, Ravshanov A’zam,  Yo‘ldoshev I, Akobirov Nuriddin, Jo‘rayev Eshnazar va boshqalar bo‘lgan.

Shu tariqa maktabda o‘quvchilar va o‘qituvchilar soni orta borib, yil sayin faoliyati kengaya borgan. Maktabda  Kamandi, Qo‘rg‘oncha , Mag‘zon, Haramjuy qishloqlaridan o‘quvchilar kelib bilim olganlar va tayanch maktabi hisoblangan. Shu yillarda  K. Sohibov, Saidov, Odilov, Gayniddinova, Yusupova va boshqa o‘qituvchilar mehnat qilganlar.

Maktabdagi hayot hattoki urush yillarida ham davom etgan. Urushga safarbar etilgan minglab yurtdoshlarimiz qatorida 1941-1943 yillarda  maktab direktori bo‘lgan  Ahmad Uzoqov ham vatan mudofaasiga jo‘natilgan. Ahmad Uzoqov Vatan yo‘lida o‘z jonini fido etgan ko‘plab ustozlardan biridir.O‘quvchilar soni ortgan sari sinf xonalari  soni ham ortib borgan. Yillar davomida yangi qo‘shimcha sinf xonalari qurilib, maktab binosi kengaya borgan. 1950-yilda  Zaripov rahbarligida 3 ta sinf xonasi qurilgan.1961-1964- yillarda Ochil Norov rahbarligida 8 ta sinf xonasi, 1969-1973 -yillarda K.Xalilov boshchiligida 3 ta sinf xonasi, 1973-1974- yillarda S.Botirov rahbarligida 3 ta sinf xonasi, 1975-1978 -yillarda  M. Samadov rahbarligida 3 ta sinf xonasi, oshxona binosi,1992-1995- yillarda Said Haitov rahbarligida 624 o‘rinli, 2 qavatli,  namunali maktab binosi qad ko‘targan. 1995-yilda qurilgan maktab binosida hozirgi kungacha o‘quvchilar tahsil olib kelmoqdalar. Marhum  ustozimiz Baxtiyor Bekov 1995-yildan  2014- yilgacha  maktab direktori lavozimida  faoliyat olib bordi.

Yangi maktab binosi  oldida  1997- yilda ota-onalar homiyligi bilan Kamandi va Qo‘rg‘oncha qishloqlaridan ikkinchi jahon urushiga ketib, qaytib kelmaganlar xotirasiga atab ulkan yodgorlik o‘rnatildi. 1998-yilda maktab direktori B.Bekov rahbarligida maktab tashkil topganligining 70-yilligiga bag‘ishlangan viloyat miqyosidagi katta tadbir tashkil etildi. 2014-yildan buyon maktab direktori vazifasida D. To‘xtamisheva faoliyat olib bormoqda.

Maktabning nomlanish tarixi

 1. 1929-1956 yillar – 21-son “Kamandi”

2. 1956-1963 yillar – 7-son “Yosh kuch”

3. 1963-1989 yillar – 23- son “Hamza”

4. 1989 - 2003 yillar – 27-son  “A.Qahhor”

5. 2003-yildan hozirgi kungacha Qarshi shahar XTB tasarrufidagi 27-umumiy o‘rta ta’lim maktabi deb atalib kelmoqda.

Maktab 1988-yil O‘zSSR XTB qaroriga asosan  Qarshi shahar XTB tasarrufiga o‘tkazildi.

Maktabni tugallagan sobiq o‘quvchilar orasida turli kasb egalari, atoqli olimlar, turli korxona va davlat idoralarida rahbarlik lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan insonlardan quyidagilarni sanab o‘tish mumkin:

1.Barot Muzaffarov-texnika fanlari nomzodi.

2.Jalil Shukurov- iqtisod fanlari nomzodi

3.Qutbiddin Norov-texnika fanlari nomzodi

4.Zaynab Eshmurodova- tibbiyot fanlari nomzodi

5.Lutfullo Karomov-fizika fanlari nomzodi

6.Nabi Raupov-texnika fanlari nomzodi

7.Karom Qodirov- qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi

8.Baxtiyor Xolliyev- fizika fanlari nomzodi

9.Sag‘dulla Mamatov – texnika fanlari nomzodi

10.Shokir Karimov-IIB podpolkovnik

11.Jo‘ra Raxmatov-IIB podpolkovnik

12.Hamza Narziyev- IIB podpolkovnik

13.Boboyor Sharipov- Viloyat qurilish Boshqarmasi boshlig‘i

14.Rayim Raxmonov-Viloyat hokimi o‘rinbosari

15.Rustam Ochilov- Viloyat hokimligi bo‘lim boshlig‘i

16.Amin Karimov- Viloyat savdo bo‘limi boshlig‘i

17.Panji Jo‘rayev- Valoyat qurilish bosh muhandisi

18.Hamidulla Karomov-shifokor kardiolog

19.Sharofat Ismatova- shifokor

20.Tamara Begatova-shifokor

21.Tursuntosh Mamatqulova-shifokor

22.Chori Hafizov-shifokor

23.Dilov Fayzullo-muhandis

24.Azamat Hakimov-muhandis

25.Qo‘zi Mahmudov-muhandis

26.Jabbor Qurbonov-muhandis

27.Shodmon Bo‘ronov-muhandis

28.Ikromov O‘tkirxon-muhandis

29.Hayitov Bexruz- harbiy uchuvchi

30.To‘lqin Xalilov-harbiy

31.Zokir Qodirov-harbiy

Maktabda faoliyat olib borgan  va davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan o‘qituvchilar:

1.Bozorova Sharofat-Xalq ta’limi a’lochisi

2.Sultonova Mo‘tabar-Xalq ta’limi a’lochisi

3.Bekov Baxtiyor-Xalq ta’limi a’lochisi

4.Xalilova Marziya-Xalq ta’limi a’lochisi

5.Kenjayeva Ra’no-Xalq ta’limi a’lochisi, “Shuhrat” medali sohibasi

Maktab doimo shahar, viloyat miqyosida o‘z o‘rniga ega. Maktab o‘quvchilari shahar, viloyat, respublika miqyosida o‘tkazilayotgan turli tanlovlar, tadbirlar, fan olimpiadalarida munosib ishtirok etib kelmoqdalar.

Maktab jamoasi mustaqil O‘zbekistonimiz kelajagi bo‘lgan yosh avlodga ta’lim- tarbiya berish yo‘lida tinimsiz ish olib bormoqdalar.